Saratondan aziyat chekkan futbolchi Sirojiddin Sayfiyev vafot etdi

Bir necha yil davomida saraton bilan kurashgan samarqandlik futbolchi Sirojiddin Sayfiyev vafot etdi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.

Foto: “Championat.asia”

Ma’lumot uchun, Sayfiyev Samarqandning “Dinamo” klubi safida 2014-yilda og‘ir jarohat olib, faoliyatini yakunlagan edi.

Shundan so‘ng bir necha yil davomida saraton bilan kurashdi. 2017-yil aprel oyida “Championat.asia” sayti #Taslimbo‘lmaSiroj xayriya aksiyasini o‘tkazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 20.02.2019 / 16:45
Bosh sahifaga