Irlandiyalik fuqaro lotereyadan 175 million yevro yutib oldi

20-fevral kuni ismi oshkor etilmagan irlandiyalik fuqaro EuroMillions lotereyasida respublika tarixida yirik miqdorda — 175 million yevro yutib oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: Google Images

Qayd etilishicha, bu hisob bo‘yicha irlandiyaliklar orasida 14-yutuq, biroq mamlakatda rekord darajadagi yutuq hisoblanadi.

Bundan avvalgi yirik miqdordagi yutuq egasi Limerikadan bo‘lgan Dolores Maknamara bo‘lib, u 2005-yilda 115 million yevro yutib olgan.

EuroMillions lotereyasi Yevropada 2004-yildan beri o‘tkazilmoqda.

Dastlab Ispaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan bo‘lib, keyinchalik Avstriya, Belgiya, Irlandiya, Lyuksemburg, Portugaliya, Shveysariya va Lixtenshteyn ham qo‘shilgan.

Qo'shdi: XABAR.INFO
Qo'shilgan vaqt: 20.02.2019 / 17:35
Bosh sahifaga